Dars jadvali, davomat, baholar, imtihon natijalari, buyruqlar va hujjatlar — HEMIS hisobingizga bir marta ulanasiz va hammasini Telegram orqali ko'rasiz. HEMIS saytiga alohida kirish, parolni har safar terish shart emas.
Barcha ma'lumot HEMIS'dan real vaqtda olinadi.
Bugungi, ertangi va haftalik jadval. Auditoriya, vaqt, juftlik raqami va o'qituvchi haqida to'liq ma'lumot.
Fanlar bo'yicha davomat, joriy va oraliq baholar, nazorat jadvali, imtihon natijalari va o'zlashtirish ko'rsatkichi.
Ertalab bugungi darslar ro'yxati, topshiriq muddati yaqinlashganda esa ogohlantirish. Eslatma vaqtini o'zingiz belgilaysiz.
Universitet buyruqlari, ma'lumotnomalar va boshqa rasmiy hujjatlar — bir bosishda.
Shartnoma summasi, to'langan qism va qoldiq, shuningdek HEMIS'dagi shaxsiy profil ma'lumotlari.
Fanlar bo'yicha topshiriqlar, ularning muddati va topshirilgan-topshirilmagani. Faylni bevosita bot orqali yuklash mumkin.
O'zbekistonning barcha viloyatlaridagi oliy ta'lim muassasalari.
Siz botda o'z universitetingizni tanlab, HEMIS login va parolingiz bilan kirasiz. Shundan so'ng dars jadvali, davomat, baholar, imtihon natijalari, buyruqlar va hujjatlaringiz Telegram orqali ochiladi — HEMIS saytiga alohida kirish shart emas.
Hozirda O'zbekistonning 13 ta viloyatidagi 96 ta oliy ta'lim muassasasi qo'llab-quvvatlanadi — ToshDTU, TATU, ToshDIU, SamDU, BuxDU, FarDU, AndDU, NamDU, QarDU, TerDU, UrgDU, QDU va boshqalar.
Barcha ma'lumotlar shifrlangan holda uzatiladi va saqlanadi. Ulanish faqat sizning ruxsatingiz bilan amalga oshiriladi. Istalgan vaqtda botdan chiqib, ulanishni bekor qilishingiz mumkin.
Yo'q. HEMIS integratsiyasi va u bilan bog'liq barcha imkoniyatlar — dars jadvali, baholar, davomat, eslatmalar — bepul. To'lov faqat AI hujjat yaratish xizmatlari uchun olinadi.
Bot bilan bog'laning — universitetingiz HEMIS manzilini ro'yxatga qo'shamiz. Odatda bu bir necha kun ichida bajariladi.
Ulanish 1–2 daqiqa vaqt oladi.
Botni ochish